Maunt, Jeyms, Kante va Pulishich "Chelsi"ga "Yuventus"ga qarshi o'yinda yordam bera olishmaydi

Alisher
29 sen 2021, 18:24
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Meyson Maunt, Ris Jeyms, Ngolo Kante va Kristian Pulishich CHL guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi.

"Kristian, Ris va Meyson o'ynashmaydi. Afsuski, Ngolo koronavirusga musbat test topshirdi va u karantinga o'tishi va hukumat qoidalariga rioya qilishi kerak. U mashg'ulot o'tkazmadi.

Jeyms? U hali ham og'riqni his qilmoqda. Hozircha u minimum bir haftani o'tkazib yuboradigandek ko'rinmoqda", - deydi Tuxel.

"Yuventus" - "Chelsi" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com