

"Myuller Germaniya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi, ammo hozir "Bavariya"da unga oson bo'lmayapti. Ammo bu vaziyatda Tomasning aybi yo'q, bu futbolchiga o'ziga ishonch bildira oladigan murabbiy zarur. Shundagina Myuller barchani lol qoldira boshlaydi.U maydonda ma'lum bir nuqtadagina o'ynamaydi, Tomas hujumning barcha nuqtalarida birdek foydali harakat qila oladi. Biroq Anchelotti pozicion o'yinga xaddan ziyod qattiq rioya qiladi", - dedi Lotar Matteus.



