Matichdan savobli ish

Mirjalol Normatov
23 sen 2018, 13:59
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich Serbiyadagi hayriya akciyasida qatnashdi.

Futbolchi 4 yoshli Dushan Todorovichning davolanishi uchun 78 ming evro to'lab berdi.

Bolakay oxiri o'lim bilan yakunlanishi mumkin bo'lgan onkologik kasallikka chalinib qolgan. Ushbu mablag' orqali Dushan Barselonada davolanadigan bo'ldi.

Matich bu ishni yashirincha qilmoqchi bo'lgandi. Ammo bu xabarni Dushanning otasi OAVga etkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror