Matbuot kotiblari uchun tanlov. Dastlabki turdan keyingi natijalar

Narzulla Saydullayev
9 mar 2016, 19:25
Saytimiz oliy liga matbuot kotiblari o'rtasida tanlov e'lon qilgan edi.

Chempionatning dastlabki tur o'yinlari o'z yakuniga etdi. O'quvchilarimiz ilk tur ajoyib yoritilganini ko'p bor takidlashdi. Bunda klub matbuot kotiblarining xissasi juda katta. Oliy liganing barcha 8ta uchrashuvining fotogalereyasi va barcha o'yinlarda urilgan gollarning videosi saytimizda e'lon qilingani juda katta yutuq bo'ldi.

Quyida 1-turdan keyingi jadvalni taqdim etamiz. Takidlash lozimki, bu turda asosan mezbon jamoa matbuot kotiblari ball ishlashdi. 2-turda o'z uyida o'ynaydigan jamoa kotiblarida ham o'zlarini ko'rsatish imkoniyati mavjud.

Barcha hamkasblarimizga keyingi turda ham omad tilaymiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia