Massimiliano Allegri: Vidal mavsumdagi eng yaxshi o'yinini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2015, 08:41
Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegri YCHL chorak finali doirasidagi Monakoga qarshi o'yindan (1:0) so'ng g'alaba to'pi muallifi Arturo Vidalni maqtadi.
O'yinga yaxshi qo'shilib ketdik, sabr bilan o'ynadik. Ikkinchi bo'limda raqib hech qanday imkoniyat yarata olmadi. Bitta burchak to'pi va qarshi hujum bo'ldi xolos.

Biz 1:0 hisobida zafar quchdik, natijadan qoniqdim. Endi Lacioga qarshi bahsga tayyorlanamiz.

Vidal so'nggi paytlarda ajoyib o'ynamoqda. Bugun u mavsumdagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Undan gol talab qilishadi, bugun gol ham urdi, – deydi Allegri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru