Maskerano 6 hafta futbol o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
28 may 2017, 22:20
Barselona himoyachisi Xaver Maskerano Ispaniya kubogi finalida Alavesga qarshi o'yinda (3:1) jarohat oldi.

Uchrashuv boshida 32 yoshli argentinalik Markos Lorente bilan to'qnashuvdan so'ng maydonni tark etdi.

O'yindan so'ng Maskeranoning o'ng tizzasi jarohatlangani ma'lum bo'ldi. Tiklanish uchun 6 hafta kerak bo'ladi.

Shu tariqa, Maskerano Argentinaning Braziliya (9 iyun) va Singapur (13 iyun) bilan o'yinlarini o'tkazib yuboradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com