Masharipov "Al Nassr"dagi raqamini Ronaldu uchun o'zgartirganini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2022
Kecha, 13 dekabr kuni saytimiz orqali Jaloliddin Masharipovning "Al-Nasr"dagi raqami o'zgargani haqida xabar bergan edik.

FOTO  Masharipovning "Al Nassr"dagi raqami o'zgardi, bu Ronalduning jamoaga kelishidan darak beradimi?

Hamyurtimiz Saudiya Arabistoni klubida 77-raqam ostida shug'ullanmoqda. Biroz avval shaxsan Masharipovning o'zi bilan bog'landik va u 7-raqamni aynan Krishtianu Ronaldu uchun bo'shatib qo'yganini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Jaloliddin Masharipov: "7-raqamni mendan qandaydir Osiyo yoki yevropalik futbolchi emas, Ronalduga berishi mumkinligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia