"Mashal"ga Rihsiboev va uch futbolchi qo'shildi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2018, 11:25
“Mashal“ jamoasi pro-liganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlik olib borayotgani va tarkibga yangi futbolchilar qo'shilgani haqida ma'lumot bergan edik.

Tarkibga kelib qo'shilgan: Super liganing “AGMK“ klubidan 24 yoshli yarim himoyachi Sanjar Rixsiboev klub bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. Undan tashqari tajribali darvozabon “Mashal” tarbiyalanuvchisi Sherzod Abduraimov “Norin“ jamoasida ijara muddati yakuniga etdi. Endilikda Abduraimov ikkinchi davrada jamoa sharafini himoya qiladi. Shuningdek “Surxon“ dan Sirojiddin Qo'ziev va “Mashal“ BO'FM dan Shokir Yo'ldoshevlar ikkinchi davrada jamoa sharafini himoya qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz