"Mashal" yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi

Iskandarov Abdulaziz
8 fev 2025, 10:16
Xabaringiz bor, o'tgan mavsum Pro liga g'olibiga aylangan "Mashal" bu yil Superligada ishtirok etadi.

Asror Aliqulov boshchiligidagi jamoa a'zolari yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishishgan. Taraddudning ilk bosqichi 5-18 yanvar kunlari Muborakda boshlagan bo'lsa, ikkinchi bosqich mashg'ulotlari ham 21 yanvardan 6 fevralgacha o'z qarorgohida davom etdi. 

Endilikda uchini bosqich yig'ini 10 fevral sanasidan boshlab Toshkentda olib boriladi. Poytaxtdagi yig'in doirasida nazorat uchrashuvlari o'tkazish ko'zda tutilgan. Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtalsak, Paul Komolafe, Muhammadali Aliqulov, Islom Sharipov, Mudasiru Salifu kabi futbolchilar 2025 yilni Muborakda o'tkazishadi. 

Ma'lumot uchun, "Mashal" Superliganing 1-turini 7 mart kuni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia