"Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining boshlanish vaqtlari ma'lum

22 apr 2015, 10:02
Shanba kuni Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" o'yini bo'lib o'tadi.
Muborakda bo'lib o'tadigan o'yinning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'lgan. Unga ko'ra jamoa yoshlari 24 aprel kuni ikkinchi maydonda bahs olib boradi. O'yin esa 17:00 da start oladi. Asosiy tarkib jamoalari o'yini markaziy maydonda 25 aprel kuni 17:00 da boshlanadi. Yoshlar bahsnini Buxorodan Elyor Tursunov boshqarib borsa, asosiy tarkib bahsini Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.

Undan tashqari ertaga "Mashal-2" O'zbekiston birinchiligining 5-tur o'yinini o'tkazadi. Bu o'yin ikkinchi maydonda 16:30 da start oladi. "Xorazm"ga qarshi birinchilik bahsini Navoiydan Nodir Boltaev boshqaradi.

Manba: fcmashal.uz