"Mashal": Mirabror Zufarovich tavallud ayyomingiz bilan!

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2014, 13:52
Bugun O'zbekiston futbol federatsiyasi hamda Milliy Olimpiya Qo'mitasi rahbari Mirabror Usmonov tavallud topgan kun.
Mirabror Zufarovich bugun 67 yoshga to'ldi.

Shu munosabat bilan "Mashal" klubi Mirabror Zufarovichni qutlaydi.

Mirabror Zufarovich Usmonov 2006 yildan buyon O'zbekiston futbol federatsiyasini boshqarib kelmoqda. Ushbu qisqa vaqt davomida o'zbek futboli chin manoda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Yurtimizda millionlar o'yiniga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bularning samarasi sifatida viloyatlarda qad ko'tarayotgan eng zamonaviy stadionlar va sport inshoatlarini keltirib o'tish joiz. Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida bolalar futboli va sportini doimiy qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Xalqaro maydondagi shuhratimizni sport orqali oshirib kelmoqda.

"Mashal" futbol klubi Mirabror Usmonovga olib borayotgan barcha yaxshi ishlarida kuch-quvvat tilaydi. Uzoq umr, baxt va oilaviy farovonlik har doim hamrox bo'lsin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz