"Mashal" ko'rikdagi legionerlarga javob berib yubordi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2014, 12:13
Navbatdagi milliy chempionatga tayyorgarlik ko'rayotgan “Mashal” tarkibida ikki nafar belorusiyalik futbolchining ko'rikdan o'tayotgani haqida xabar bergandik.
Hujumchi Dmitriy Kovb bilan yarim himoyachi Aleksandr Tishkevich jamoaning ikkita nazorat o'yinida ishtirok etishga ulgurdi.

Ammo murabbiylar shtabiga maqul kelmagani uchun ularga kecha javob berib yuborildi. Endi “Mashal” boshqa kuchliroq legionerlarga qiziqib ko'radi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz