Mashal FK: Ertaga yangi futbolchilar bilan tanishtiruv marosimini o'tkazamiz

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2014, 20:38
Oliy ligamizga start berilganidan xabaringiz bor.
1-turni safarda Jizzaxning "So'diyona" klubiga qarshi o'tkazgan jamoamiz 23 mart kuni ilk uy uchrashuvini o'tkazadi. Dastlabki uy uchrashuvi oldidan jamoamizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bilan tanishtiruv bo'lib o'tadi. Unda jamoa bosh direktori Ilhom Qurbonov, bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov, futbolchilar va muxlislar ishtirok etadi. Ushbu tanishtiruv marosimiga barcha OAV taklif etiladi. Marosim ertaga 11:00 da Bahrom Vafoev nomli stadionning matbuot anjumanlari zalida bo'lib o'tadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcmashal.uz