"Mashal" - "Dinamo" yoshlar va asosiy tarkib uchrashuvini foto va matnli translyatsiyada kuzating

25 sen 2014, 10:24
Ertaga Muborakda "Mashal" hamda "Dinamo" jamoalari o'rtasida Oliy liganing 21-turidan o'rin olgan uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bugun har ikki jamoa yoshlari B.Vafoev nomli stadionning ikkinchi maydonida maydonga chiqishadi. Yoshlar ligasida peshqadamlik qilib kelayotgan jamoamiz jiddiy raqibga qarshi bahsni o'tkazadi. 16:00 da start oladigan ushbu qiziqarli uchrashuvni saytimiz orqali onlayn matnli va foto translyatsiyada berib boramiz.

Buning uchun saytimizning INTERAKTIV bo'limiga o'tishingiz yoki saytimizning o'ng tarafida joylashgan "TWITTER"dagi sahifamizni "KUZATISH" bo'limini bosishingiz kifoya.  

Tvittyerdagi manzilimiz: @fcmashal_uz

Bugun va ertaga tvittyerdagi rasmiy sahifamiz yoshlar va asosiy tarkib bahsi va unga taalluqli bo'lgan xabarlarni berib boradi. Har ikki uchrashuvni ham matnli va foto translyatsiyada berib boramiz.

Manba: fcmashal.uz