Marselo: "Keyingi bosqichga chiqish borasida shubhalanmagan edik"

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2017, 11:15
"Real" himoyachisi Marseloning so'zlariga ko'ra, u va uning jamoadoshlari "Qirollik klubi"ning keyingi bosqichga chiqishiga shubha qilmagan.

"Real" Ispaniya Kubogi 1/8 finalida 2 ta uchrashuv natijasiga ko'ra "Sevilya"ni 6:3 hisobida taslim etdi.

"Sevilya" - juda kuchli jamoa. Biz o'yin qiyin bo'lishini bilardik, chunki birinchi uchrashuv natijasiga ko'ra, hech narsa aniq bo'lmagan edi. Maydon egalari yaxshi harakat qilishdi va birinchi bahsdagi 3 ta gol bizga yordam berdi. Ammo chorak final borasida shubhalanmagan edik. Faqat sabr qilish kerak bo'ldi" - deydi Marselo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca