"Marsel" Rikardo Rodriges transferi amalga oshmaganidan so'ng boshqa variantlarni ko'rib chiqmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, klub Yuto Nagatomoga qiziqib qolgan. Yaponiyalik futbolchi "Inter" asosiy tarkibida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Fransiyaliklar esa bundan foydalangan holda futbolchini o'z saflariga qo'shib olmoqchilar.