Yuto Nagatomo - "Marsel" futbolchisi!

Alisher
2 sen 2020
"Inter" sobiq himoyachisi Yuto Nagatomo faoliyatini "Marsel"da davom ettiradi.

Fransiya klubi 33 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Nagatomoning so'nggi klubi "Galatasaroy" bo'lgan edi. U yozda klubdan erkin agent maqomida ketgandi.

Eslatib o'tamiz, osiyolik futbolchi bunga qadar "Tokio", "Chezena" va "Inter" klublari sharafini ham himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OM_Officiel