"Marsel" "Inter" yarim himoyachisini nishonga oldi

Alisher
5 mar 2021
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

33 yoshli futbolchining xizmatlariga "Marsel" klubi qiziqish bildirmoqda. Klubning yangi bosh murabbiyi Xorxe Sampaolining shaxsan o'zi u bilan shartnoma imzolamoqchi.

Bitim amalga oshirilishi mumkin, sababi Arturo ushbu mavsumda "neradzurrilar"ning asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanmaydi.

Vidal joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport