Marotta: "Yuventus" Vitselni yanvar yoki iyunda qo'lga kiritishga harakat qiladi"

Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 19:43
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marottaning so'zlariga ko'ra, uning klubi "Zenit" yarim himoyachisi Aksel Vitselni xarid qilish fikridan voz kechmaydi.

Yozda belgiyalikning Turin klubiga o'tishi so'nggi pallada bekor bo'ldi.

"Biz barcha ftubolchilarni kuzatib borishimiz shart. Vitselda vaziyat oddiyroq, chunki uning klub bilan shartnomasi o'z nihoyasiga etmoqda. "Yuventus" yana uni yanvarda yoki iyunda qo'lga kiritishga harakat qiladi" - deydi Marotta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia