
Biz Arturo bilan yaqinda shartnomani uzaytirgandik. "Yuventus" jamoasi kelajagini u bilan birga qurmoqchimiz. O'shandan buyon Vidal hech o'zgargani yo'q. Transfer borasidagi mish-mishlar bu tabbiy. Futbolda bunaqasi har doim uchraydi. Vidaldek futbolchini o'z safiga ko'rishni istagan jamoalar son-sanoqsiz. Shu bois, buni to'g'ri qabul qilish kerak. Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan birini har kim sotib olishni istashi aniq. Lekin biz hech qachon uni sotish haqida o'ylamaganmiz. Futbolda hech qachon "hech qachon" demaslik kerak. Agarda Vidal qolishni istasa, bundan faqat xursand bo'lamiz.