Marotta: "Ikardiga bog'liq vaziyat? Spalletti tarkibni o'zi tanlaydi"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019, 14:50
"Inter" bosh direktori Beppe Marotta anchadan beri maydonga tushmayotgan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

"Ikardi asta-sekinlik bilan jamoaga qaytmoqda. Spallettining vazifasi qiyin, murabbiy qaydnoma va tarkibga futbolchilarni o'zi tanlaydi.

Hech kim Spallettiga etiroz bildira olmaydi. U "Inter"ga foydasi tegadigan qarorlarni qabul qilyapti" - deydi Marotta.

Eslatib o'tamiz, Ikardi 13 fevraldan beri "Inter" tarkibida maydonga tushmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia