Marotta: "Eriksenning o'zi bizga hushxabarni etkazdi"

Mirjalol Normatov
13 iyun 2021, 14:55
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta Evro-2020 doirasida Finlyandiyaga qarshi o'yin vaqtida hushini yo'qotgan Kristian Eriksenning holati haqida gapirdi.

"Kecha kechqurun "Inter" futbolchilari chatiga Kristian o'z holati haqida yozdi. U barchani tinchlantirib, tezda safga qaytishini ma'lum qildi. U o'zini yaxshi his qilmoqda, deb ayta olaman.

O'yin dinamikasida bu juda dahshatli ko'rindi. Baxtni qarangki, yakun ijobiy bo'ldi. Butun bir tun davomida biz qo'rqib o'tirdik.

Bu haqida batafsil ma'lumotlar bera olmayman. U Daniya termasi shifokorining nazorati ostida edi. Bu borada Daniya FF ma'lumot bersa, adolatdan bo'lardi.

Bunday holatlar bo'lganida sportdagi barcha birlashadi. Boshqa jamoa muxlislaridan bizga ko'plab xatlar kelib tushdi, Kristianga sog'liq tilashdi. Ko'plab mashhurlar ham bizga yozib turishdi. Barchamiz birgamiz va Kristianga sog'liq tilaymiz", - dedi Marotta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia