Marokash - Afrika millatlar kubogi-2025 mezboni

Omonjon To`xtamirzayev
27 sen 2023
Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) matubot xizmati Afrika millatlar kubogi-2025 Marokashda o'tishini e'lon qildi.

Avvaliga musobaqa Gvineyada o'tishi kerak edi, biroq mamlakatdagi infrastruktura talab darajasida emasligi tufayli turnirni boshqa mamlakatga ko'chirish bo'yicha qaror qabul qilindi.

2027 yil musobaqa uchta mamlakatda o'tadi - Keniya, Uganda va Tanzaniya.

Musobaqaning amaldagi sohibi Kamerun terma jamoasi hisoblanadi. Kamerunliklar finalda Misrni penaltilar seriyasida taslim etgan (4:2). Musobaqada Misr termasi eng ko'p g'alaba qozongan - 7 marta, Kamerunda 5 ta titul, Ganada esa 4 ta kubok bor.

Keyingi yildagi musobaqa Kot‑d’Ivuarda yanvar‑fevral oylarida bo'lib o'tadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia