Markos Lorente "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Alisher
16 iyul 2021
Ispaniyalik yarim himoyachi Markos Lorente "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.

Klub bosh murabbiyi Diego Simeone Lorentening so'nggi mavsumdagi qilgan ishlarini juda ham qadrlaydi va klubdan futbolchi bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni tezlashtirishni so'radi.

Markos o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 11ta gol va 12ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, xavbek "Atletiko"ga "Real"dan 2019 yilda o'tdi va 2020/21 yilgi mavsum La Ligani qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo