Marko Roys: "Messi o'ynasa xursand bo'lar edim. U sayyoramizdagi eng yaxshi futbolchi"

Alisher
17 sen 2019, 14:24
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys CHL doirasidagi "Barselona"ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men Alkaser bilan gaplashdim. U hotirjam. Umid qilamizki, Alkaser ertaga bizning g'alaba qozonishimizda munosib hissa qo'shadi. U biz uchun muhim futbolchi. Unga bitta kerakli vaziyat bo'lsa kifoya va u gol uradi.

Agar ertaga Messi o'ynasa, juda ham mamnun bo'lar edim. U sayyoramizdagi eng kuchli futbolchidir", - deydi Roys.

30 yoshli Roys 2012 yildan buyon Dortmundning "Borussiya" klubi sharafini himoya qiladi. 

Eslatib o'tamiz, "Borussiya" (Dortmund) va "Barselona" o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com