Markaziy Osiyo Futbol Associaciasi Toshkentda xalqaro turnir o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2016, 16:50
Markaziy Osiyo Futbol Associaciasi shu yilning 6 – 9 avgust kunlari Toshkentda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan futbolchilar o'rtasida “CAFA CUP” (Central Asia Football Assosiation - Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi kubogi) nomlik turnir tashkil etadi.
Ushbu musobqada mintaqaga a'zo olti mamlakat – O'zbekiston, Afg'oniston, Qirg'iziston, Eron, Tojikiston hamda Turkmanistonning yoshlar terma jamoalari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Musobaqa 6 avgust kuni strat oladi. O'yinlar “Jar” hamda “Paxtakor” stadionlarida bo'lib o'tadi.

Takidlash kerakki, qarorgohi Toshkentda joylashgan Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi 2015 yilda tashkil etilgan va ushbu turnir ushbu tashkilot tomonidan tashkil etilayotgan ilk musobaqadir.

Quyida musobaqa o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz.

 

Aguruhi

Bguruhi

A1     

Afg'oniston             

B1       

Eron

A2

O'zbekiston

B2

Tojikiston

A3

Qirg'iziston

B3

Turkmaniston    



1-tur
6 avgust

16:00 - O'zbekiston - Qirg'iziston ("Jar")
18:00 - Tojikiston - Turkmaniston ("Paxtakor")

2-tur
7 avgust

16:00 - Afg'oniston - O'zbekiston ("Jar")
18:00 - Eron - Tojikiston ("Paxtakor")

3-tur
8 avgust

16:00 - Qirg'iziston - Afg'oniston ("Jar")
18:00 - Turkmaniston - Eron ("Paxtakor")

Yarim final
9 avgust

11:00 - A1 - B2 ("Jar")
16:00 - B1 - A2 ("Jar")

Final
9 avgust

18:00 - Yarim final g'olibi 1 - Yarim final g'olibi 2 ("Paxtakor")

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com