Mark Xyuz - Sautgempton bosh murabbiyi FOTO

Narzulla Saydullayev
15 mar 2018, 08:20
Sautgempton Mark Xyuz bilan mavsum oxirga qadar shartnoma tuzdi.

54 yoshli uelslik murabbiy dushanba kuni iste'foga chiqarilgan Maurisio Pellegrinoning o'rnini egalladi. 30ta turdan so'ng Sautgempton APL musobaqa jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.

Xyuzning so'nggi ish joyi Stok Siti bo'lgandi, yanvar oyida uni iste'foga chiqarishgandi. Bunga qadar murabbiy KPR, Fulxem, Manchester Siti, Blekbern va Uels terma jamoasini boshqargan.

Xyuz hujumchi sifatida 1998-2000 yillarda Sautgempton safida 60ta o'yin o'tkazgan..

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: southamptonfc.com