Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots o'z lavozimini tark etdi.
2012 yildan buyon terma jamoada ishlab kelgan Vilmots Belgiyani 49ta uchrashuvda maydonga olib tushdi. Uning qo'l ostida "qizil iblislar" 2014 yilgi Jahon chempionatida va 2016 yilgi Yevropa chempionatida chorak finalga qadar yetib borishdi.