

Bu Bikmaevning faoliyatidagi 100 va 101-goli bo'ldi. Shunday qilib, 32 yoshli futbolchi 100ta va undan ortiq gol urganlar a'zo bo'ladigan Gennadiy Krasnickiy klubi ro'yxatidan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, faoliyati davomida 100ta va undan ko'p gol urgan o'zbek futbolchilari Gennadiy Krasnickiy klubidan vakiliga aylanishadi. Ushbu klubga 2010 yil avgustida O'zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan asos solingan.



