Maradona Messining o'yiniga qanday baho berdi?

Mirjalol Normatov
24 iyun 2018
Afsonaviy futbolchi Diego Maradona Argentina termasi forvardi Leo Messining Xorvatiyaga qarshi o'yindagi harakatlarini baholadi.

"Argentinalik futbolchilar nima qilayotganini bilishmayapti. Termada biror chiziqda g'oyalar yo'q. Xorvatiyaga qarshi bahsda ular to'p bilan bo'lishmadi va uni nazorat qila olishmadi. Futbol federatsiyasida esa hech nimani tushunmaydiganlar o'tiribdi.

Barcha Messini ayblamoqda. U qanday bo'lsa, shunday o'yin ko'rsatmoqda. Uning jamoadoshlari bilan muammolarni hal qilib bo'lmaydi", - dedi Maradona.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca