Manuel Pellegrini: Himoyadagi ishonchli o'yinimiz tufayli g'olib bo'ldik

Narzulla Saydullayev
18 avg 2014, 10:15
Manchester Siti ustozi Manuel Pellegrini kechagi Nyukaslga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
– Albatta, Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilar charchashgan. Aynan shu bois ham har bir o'yinda to'pni ushlab turish va gol urish uchun harakat qilayapmiz.

Tarkibimizda 90 daqiqa davomida o'ynay oladigan futbolchilar kam. Nyukasl ilk xavfli vaziyatni 88-daqiqada sodir etdi.

Bugun himoyadagi ishonchli o'yinimiz tufayli g'alabaga erishdik deb o'ylayman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru