Manuel Pellegrini: “Bu yili 4 ta sovrinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz”

15 yanv 2014, 12:44
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini ushbu mavsumdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

“To'rtta musobaqada g'olib chiqish qiyin bo'ladi, ammo qo'ldan kelgancha harakat qilamiz. G'oliblik sari intilish kerak xolos.

Jarohatlar va boshqa muammolar bilan ushbu natijaga erishish qiyin bo'lishini yaxshi bilamiz. Chunki hali bu kabi natijaga hech kim erisha olgani yo'q.

To'g'risini aytsam ayni paytda biz barcha musobaqalar haqida bosh qotirmayapmiz, balki Angliya Kubogi doirasida bo'lib o'tadigan “Blekbern”ga qarshi o'yinga butun e'tiborimizni qaratganmiz”, - deya ta'kidladi Pellegrini.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” Angliya Kubogining uchunchi bosqichida “Blekbern”ga qarshi, Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida “Barselona”ga qarshi va Liga Kubogi doirasida “Vest Xem”ga qarshi o'ynaydi.


Manba: sports.ru