Manolas yozda Ispaniya klubiga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019, 14:19
"Atletiko" "Roma" himoyachisi Kostas Manolasga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" gretsiyalikni yozgi transfer oynasida sotib olishi mumkin. Manolas "matraschilar" safida klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan Diego Godin o'rnini egallaydi. Manolas shartnomasidagi tovon puli 36 mln. evro.

27 yoshli Manolas 2014 yilda "Olimpiakos"dan "Roma"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato