Manjukich Qatarda qancha pul topadi?

Alisher
25 dek 2019
Kecha Mario Manjukich Qatarning "Al Duxayl" klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Bitim 1,5 yil muddatga imzolandi. Qatar klubi bu muddat uchun futbolchiga 12 million evro to'laydi.

Mario Qatar klubiga "Yuventus"dan o'tdi. Xorvatiyalik bu mavsum "Yuve" safida umuman maydonga tushirilmadi.

Manjukich 4 yildan beri turinliklarning asosiy tarkibida o'ynab kelayotgan edi. Eslatib o'tamiz, futbolchi bundan oldin "Atletiko" va "Bavariya" kabi nomdor jamoalarda o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: football24.ru