Manjukich Qatar klublari bilan muzokara o'tkazmoqda

Eldor Akmurzayev
13 sen 2019, 23:25
Yuventus A Seriyaning 3-turi doirasida ertaga Fiorentinaga qarshi bahs uchun futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi.

Qaydnomadan hujumchi Mario Manjukich o'rin olmagan. 

Qayd etilishicha, 33 yoshli futbolchi yaqin orada jamoani tark etadi va rahbariyat unga Qatar chempionati klublari bilan muzokara o'tkazishi uchun ruxsat bergan. Hozirda unga Al-Garafa klubi qiziqmoqda. 

Xorvatiyalik forvard joriy mavsum turinliklar tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports