Mane "Bavariya"ning imkoniyatlarini yuqori baholadi

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2022, 20:15
Senegalliklarning fikricha, Germaniya chempioni bundan keyin ham sovrinlar uchun kurashni davom ettirishga qodir.

"Bavariya"ning qiziqishi haqida eshitganimda, albatta, juda xursand bo'ldim. Men ushbu klub bilan kelishuvga erishishimni va bu yerda biror narsa yutishim mumkinligini bilardim. Barcha mumkin bo'lgan sovrinlarni, Bundesligani va albatta Chempionlar Ligasini yutishni istayman.

Chempionlar Ligasi – dunyodagi har bir futbolchining orzusi. Bizda ajoyib jamoa va juda iqtidorli futbolchilar bor. O'ylaymanki, biz birgalikda hammasini uddalaymiz.

Men uchun futbol hayotdir. Futbol uchun hamma narsani qurbon qilaman. Muvaffaqiyat qozonmoqchiman. Men shuning uchun har kuni mashg'ulotlarda mehnat qilaman", – dedi senegallik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com