Mandanda va Jiru – Jahon chempionatiga taklif qilingan 36 yoshdan oshgan birinchi futbolchilar

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022, 12:06
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Bu ro'yxatda darvozabon Stiv Mandanda va hujumchi Olive Jiru bor. Hozirda Mandanda 37 yosh-u 226 kunlik, Jiru 36 yosh-u 40 kunlik. Ular Fransiya tarixida 36 va undan katta yoshda Jahon chempionatiga chaqirilgan birinchi futbolchilardir.

Eslatib o'tamiz, Fransiya termasi amaldagi Jahon chempioni, u 2018 yilda Rossiya Federatsiyasida chempionlik unvonini qo'lga kiritgan. Qatarda Fransiya terma jamoasi o'z o'yinlarini 22 noyabr kuni Avstraliya termasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot National