Manchini: "Mavsum biz uchun muvaffaqiyatsiz o'tmoqda"

Aziz Tukhtamuradov
19 apr 2015, 19:38
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini Milan derbisi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Derbi jamoalarning o'rinlari qanday bo'lishidan qatiy nazar muhim o'yin hisoblanadi.

Kim uchun o'yin muhimroq? Biz o'yinda mezbon sifatida harakat qilamiz, shu sababli, "Milan"dan ko'ra bizning mag'lubiyatimiz yoqimsiz bo'ladi. Umuman, ikkala jamoa ham ayni paytda qiyin ahvolda.

To'g'risini aytsam, men mavsumni sovrindorlar safida yakunlashga umid qilgandim. Ammo... Shu sababli mavsum muvaffaqiyatsiz o'tmoqda deb hisoblayman", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru