Manchini mag'lubiyat, xatolar va Bonuchchining sariq kartochkasi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2021, 08:08
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasida Ispaniya bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinning borishi o'zgarib turdi. Birinchi bo'lim 1:1 hisobida ham tugashi mumkin edi. 

Tushunarliki, Ispaniya to'p bilan juda yaxshi muomala qiladi. Ammo kamchilik bo'lib yutqazish - alam qilmoqda. Bunday darajada yo'l qo'ymaslik lozim bo'lgan xatoni qildik. Bunday o'ynash, gol urish va kamchilik qolganda gol o'tkazib yubormaslik - yaxshi o'yin. 

Leo sariq kartochka olmasligi kerak edi", - dedi Manchini. 




O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA