Manchini: "Lacio"ga qarshi bahsda Melo ikki marotaba qovun tushirdi"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2015, 10:45
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini "Lacio"ga qarshi bahsda yarim himoyachi Felipe Meloning chetlatilishiga izoh berdi.

Braziliyalik o'yinning 90 daqiqasida raqib futbolchisi Lukas Bilyaning elkasiga oyoq bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

"Melo bugun ikkita qovun tushirdi. U penalti tufayli o'zidan xafa edi va shu sabab, Bilyaga zarba berdi. Melo bilan kiyinish xonasidagi suhbatimiz o'sha yerda qoladi" - deydi Manichini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia