Manchini: "Italiyada yangi davr boshlandi"

Оқил Абдубарноев
3 iyun 2022
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini jamoa uchun yangi davr boshlanayotganini aytdi.

Murabbiy jamoa sardori Jorjo Kellini ketganidan keyin boshlangan avlodlar almashinuviga ishora qiladi.

“Yangi davr sentyabrdan emas, bugundan boshlanadi. Bu hozir tarkibda bo'lganlar kelajakda o'ynamaydi degani emas. Maqsadimiz o'zgarmagan. Biz yuqori formadagi futbolchilar jamoada to'p tepishini istaymiz”, - dedi Manchini matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, bir kun avval Italiya terma jamoasi Finalissimeda Argentina terma jamoasiga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia