Manchini Interga Yaya Ture, Milner va Jekoni taklif etmoqchi

13 fev 2015, 23:31
Inter bosh murabbiyi Roberto Manchini o'zining Manchester Sitidagi sobiq futbolchilarini milanliklar tarkibiga jalb etmoqchi.
Roberto Manchini "Inter"ga Jeyms Milner, Edin Jeko va Yaya Turelarni taklif etishni istamoqda. Manchini bu futbolchilar bilan 2009-2013 yilga qadar "Manchester Siti"da birga ishlagan.
"Inter" birinchilardan bo'lib Yaya Tureni sotib olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek Jeyms Milner va Edin Jeko uchun ham takliflar tayyorlanmoqda.
"Neradzurrilar" Mauro Ikardini sotishadigan bo'lishsa, unda uning o'rniga Jekoni jamoaga olib kelishmoqchi.

Manba: sports.ru