
"O'yinni yaxshi boshladik. Jamoamiz sifatli futbol namoyish etayotgandi, ammo keyin uchrashuvdagi ustunlikni raqibga topshirib qo'ydi. Natijadan jahlim chiqdi, chunki raqibning gollariga biz yordam berdik. "Inter" bu gollardan hech birini o'tkazib yubormasligi kerak edi. Javob uchrashuvida xato qilishga haqqimiz yo'q" - deydi Manchini.