Manchini: "40 ta o'yindan faqatgina 1 tasida yutqazib, pley-offda o'ynaymiz deb o'ylamagandim"

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2021, 09:54
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini jamoasining pley-off bosqichida o'ynashi borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"Jahon chempionatiga chiqish uchun haliyam yaxshi imkoniyatimiz bor. Biz oxirgi 40 ta o'yinda faqatgina bittasida yutqazdik. 

Doimo pozitiv fikrlash kerak. Bunday omadsizlik mart oyida yoki jahon chempionati vaqtida bo'lganidan ko'ra, hozir o'tib ketgani yaxshi. 

Shveytsariya bilan bir guruhdan joy olganimizda qiyin bo'lishini bilgandim, ammo pley-offda o'ynaymiz deb o'ylamagandim. Shveytsariyaga qarshi o'yinda ikkita penaltimiz bor edi. Biz o'z hayotimizni o'zimiz qiyinlashtirib qo'ydik. 


-Pley offda kim bilan o'ynashni istamaysiz?

-Agar bittasini tanlash kerak bo'lsa, bu Portugaliya bo'ladi", - dedi Manchini. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia