"Manchester Yunayted"ning "Brayton"ga qarshi o'yini ko'chirilishi mumkin. MYUda 19ta koronavirus holati

Alisher
16 dek 2021, 11:47
"Manchester Yunayted" bosh jamoaning xodimlari va o'yinchilaridagi musbat PCR-testlaridan so'ng mashg'ulotlarni to'xtatishga qaror qildi.

Musbat natija 19 odamda aniqlangan - klub o'yinchilari va xodimlari, ularning barchasi o'zini izolyaciya qilgan.

Shanba kuni bo'lib o'tadigan APL doirasidagi "Brayton"ga qarshi o'yin ko'chirilishi mumkin.

Oldinroq, MYUning "Brentford"ga qarshi bahsi ko'chirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru