"Manchester Yunayted"da o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
4 sen 2018, 21:27
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou jamoaning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida ma'lum qilindi.

"Shunday sovrinni olganimdan juda xursandman. Menga ishonishganiga va ovoz berishganiga minnatdorchilik bildiraman. Ayni damda klublar o'yinlarida tanaffus yuzaga kelgan. Terma jamoalarning uchrashuvlaridan keyin "Manchester Yunayted" bilan kuchayishda davom etamiz", - dedi Shou.




Lyuk APLning 1-turi doirasida "Lester"ga qarshi o'yinda kiritgan goli yakunda jamoaga g'alaba keltirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd