"Manchester Yunayted" yozda Marsyal bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda

Alisher
15 iyun 2022, 13:30
"Manchester Yunayted" o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Sevilya"da o'tkazgan jamoa forvardi Antoni Marsyal bilan xayrlashmoqchi.

Klub futbolchining sotuvidan tushgan pulga yangi o'yinchilarni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq, Andalusiya klubi Xose Kastro "Sevilya" 26 yoshli francuzni xarid qilmasligini aytgan edi.

Futbolchi yakunlangan mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning MYU bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph