"Manchester Yunayted" "Vest Xem" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
31 iyul 2020, 13:47
"Vest Xem" himoyachisi Issa Diop "Manchester Yunayted" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

"Qizil iblislar" "Tottenxem" va "Chelsi" klublari ham raqobat qilayotgan 23 yoshli fransiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Vest Xem" Diop uchun 40 million funtdan kam taklif tushmagan taqdirda, uni sotishni ko'rib chiqadi.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports