

"Qizil iblislar" urugvaylik futbolchi uchun "qaymoqranglilar"ga 20 yoshli xavbek Kobbi Maynuni va 50 million evro miqdoridagi tovon pulini berishga tayyor.
Shu bilan birga, "Real" 27 yoshli Valverde bilan xayrlashishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. "Real" yarim himoyachisi joriy mavsum barcha musobaqalarda 6 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, urugvaylikning Transfermarkt'dagi bahosi 130 million evroni tashkil qiladi.



