"Manchester Yunayted" va "Barselona" o'zaro futbolchi almashishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
12 dek 2023, 08:48
"Manchester Yunayted" klubi qishki transfer oynasida Jeydon Sancho bilan xayrlashishga tayyor.

"Qizil iblislar""Barselona" ustozi Xavining Jeydon Sanchoni o'z jamoasida ko'rishni istayotganidan kelib chiqib, angliyalik yarimhimoyachisini Kataloniya klubi vingeri Rafinya bilan o'zaro almashishga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Sancho joriy mavsum MYU safida bor yo'g'i 3 o'yinda maydonga tushgan, Rafinya esa "Barsa"dagi 15 o'yinda 2ta gol va 5ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com